O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda madaniy merosni asrashga doir konferensiya o‘tkaziladi

2019-07-03 | Madaniyat

Unda YuNESKO Bosh direktori Odri Azule ishtiroki kutilmoqda.

Shu kunlarda Baku shahrida YuNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 43-sessiyasi o‘tkazilmoqda.
 
Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari YuNESKO Bosh direktori Odri Azule, Butunjahon merosi markazi direktori Mextild Ryossler, uning o‘rinbosari Joti Xosagraxar va Butunjahon merosi qo‘mitasiga a’zo mamlakatlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
 
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda madaniy merosni muhofaza qilish, tarixiy ob’ektlarni saqlash va konservatsiyalash, shuningdek, turizm va ta’lim sohalari rivojlanishiga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonda YuNESKO bilan hamkorlik istiqbollarini kuchaytirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi. Ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarni mustahkamlashda o‘zaro hamkorlikning yangi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2019 yilning avgust oyida moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrashga doir xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Ko‘p sonli xalqaro hamjamiyat vakillari, jumladan, YuNESKO ekspertlari, mahalliy mutaxassislar va ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etadigan tadbirdan ko‘zlangan maqsad butunjahon merosi ob’ektlarini muhofaza va konservatsiya qilishdagi yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, nomoddiy madaniy merosni asrash sohasidagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, YuNESKO Bosh direktori Odri Azule mazkur tadbirda shaxsan ishtirok etish niyatida ekanini bildirgan.

Поделиться