O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afgʻonistonliklar Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarga qiziqishmoqda

2019-07-03 | Iqtisodiyot

Yengil avtomashinalar, “SamAvto” qoʻshma korxonasi avtobuslari, samosvallar, paxta tozalash uskunalari, traktorlar, universal chopiq uskunalari, kultivator va seyalkalar, paxta terish kombaynlari, turli rusumdagi traktorlar afgʻonistonliklar eʼtiborini tortdi.

Afgʻoniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahrida 1-2-iyul kunlari “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirning tantanali ochilish marosimida ikki davlat rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
 
Qazilma xomashyolar, avtomobilsozlik va mashinasozlik, neft-gaz, elektrotexnika, agrar sektor va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, toʻqimachilik sanoati, charm-poyabzal, farmatsevtika, xalq amaliy sanʼati, tibbiyot va taʼlim, transport xizmatlari kabi oʻndan ziyod boʻlimda namoyish etilgan Oʻzbekiston mahsulotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
 
Eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarga oid foto va videomateriallar, kataloglarda yurtimizdagi korxonalar va ularning salohiyati haqida batafsil maʼlumotlar aks ettirildi.
 
Ayniqsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalar, “SamAvto” qoʻshma korxonasi avtobuslari, samosvallar, paxta tozalash uskunalari, traktorlar, universal chopiq uskunalari, kultivator va seyalkalar, paxta terish kombaynlari, turli rusumdagi traktorlar koʻpchilik eʼtiborini tortdi.
 
Mazkur koʻrgazma asnosida qator shartnomalar imzolangani mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganidan dalolat boʻldi.
 
Koʻrgazma doirasida tashkil qilingan ikki tomonlama biznes-forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz rasmiy delegatsiyasi ishtirok etdi.
 
Forumni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ikki mamlakatning savdo- iqtisodiy munosabatlari va eksport salohiyatini yanada rivojlantirishdir. Oʻzbekistonning rivojlangan sanoati, transport va energetika sohasidagi salohiyati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga Afgʻonistonda katta qiziqish bilan qaraladi.
 
Oʻzbekiston va Afgʻonistonning iqtisodiy hamkorligi savdo, iqtisodiyot, energetika, transport, tranzit kabi sohalarga oid hujjatlar asosida qaror topgan.
 
Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi, meva-sabzavot, neft mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar eksport qilmoqda. Qoʻshni yurtda qurilish, energetika, togʻ-kon sanoati va taʼlim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekistonning bevosita ishtiroki va yordami bilan Hayratondan Mozori-Sharifgacha temir yoʻl liniyasi, koʻpriklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel va suv taʼminoti tarmoqlari qurilgan.
 
Ayni paytda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Afgʻoniston bozoriga mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo va toʻqimachilik mahsulotlari, zamonaviy yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, qishloq xoʻjaligi texnikasi, mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari, oziq-ovqat yetkazib berishi mumkin.
 
Forumda avtomobilsozlik, farmatsevtika, transport va logistika, toʻqimachilik, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari savdosi boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Termiz shahrida tashkil etiladigan “Oʻzbekiston – Afgʻoniston” chegaraoldi savdo hududi boʻyicha tayyorlangan videolavha namoyish etildi.
 

 

A.GʻAFFOROV, A.ABDULLAYEV

Поделиться