O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YUNESKO Butunjahon merosi masalalari boʻyicha yigʻilishda Shahrisabzga doir qaror qabul qilindi
2019-07-02 | Turizm
Hujjat Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan jahon merosini muhofaza qilishga doir qabul qilingan chora-tadbirlarni, shu jumladan hukumatning tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini toʻxtatishga oid qarorini tasdiqlaydi.
U shaharning istiqboldagi rivojlanishiga doir aniq tavsiyalarga ega boʻlib, Shahrisabzni xavf ostidagi butunjahon merosi roʻyxatida qoldirish haqida qaror qiladi. Oʻzbekiston tomon ikki yil muddat ichida shaharning regeneratsiya rejasi loyihasini ishlab chiqish majburiyatini oldi. Taʼkidlash joizki, Bakudagi tadbirda Oʻzbekistondan Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.