O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AES qurilishi uchun tanlangan maydonda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichiga start berildi

2019-07-01 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-iyun kuni atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda “Oʻzatom” matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda, “Oʻzatom” agentligi, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, Oʻzbekiston geoaxborot shaharsozlik davlat kadastri loyihalash ilmiy tekshirish instituti (OʻzGASHKLITI) mutaxassislari, “Atomstroyeksport” AJ vakillari, hamda Forish tumani masʼullari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Yurtimizda atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlab olingan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi yakunlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Unda Navoiy va Buxoro viloyatlarining Toʻdakoʻl suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli atrofida joylashgan 3 ta maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgani va oʻrganishlar natijasida Jizzax viloyatining Tuzkon koʻli yaqinidagi hudud atom elektr stansiyasi qurilishi uchun maqbul joy sifatida tanlangani eʼlon qilindi.Aynan mana shu atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan hududda muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur hududda “Atomstroyeksport” AJ mutaxassislari tomonidan geofizik, seysmologik tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Mutaxassislar hududning geologik va geofizik tahlilini oʻrganib, ulardan olingan natijalar asosida Oʻzbekistonda quriluvchi birinchi atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish ishlari davom ettiriladi. Taʼkidlash lozimki, mazkur tadqiqot ishlari jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari nazoratida boʻlib, tadqiqot ishlarini tashkil etishda OʻzGASHKLITI ham jalb etiladi.

Maʼlumot oʻrnida, muhandislik-tadqiqot ishlari Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari oʻrtasida mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va mazkur hamkorlik doirasida tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash yuzasidan, joriy yilning 17-may kuni “Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik boʻlimiga qarashli “Atomstroyeksport” aksiyadorlik jamiyati bilan texnik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Поделиться