O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog`istonga yo`l olgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga
2019-07-01 | Jamiyat
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston sinoptiklari ogohlantirishicha, 1-iyul kuni Qizilo‘rda viloyatida va Turkiston viloyatining ayrim joylarida harorat 45-47 darajagacha ko‘tariladi.
Kuchli jazirama harorat Olmaota, Jambul viloyatlarida, Qo‘stanay va Qarag‘andi viloyatlari ayrim joylarida kutilmoqda. Shuningdek, Qizilo‘rda, Turkiston, Jambil viloyatlarida, Aqto‘be, Qo‘stanay, Olmaota viloyatlari ayrim joylarida favqulodda yong‘in xavfi saqlanib qolmoqda.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonga yo‘l olgan yoki ko‘rsatilgan viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga tegishli ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qiladi.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi (Nur-Sulton shahri, Aqmo'la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52), Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17), Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.