Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 134-sessiyasi ish boshladi. Unda 7 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbon shahar nomini aniqlash masalasi ko‘rildi.
2026 yili o‘tkaziladigan Olimpiadaga nomzod shaharlar orasida Italiyaning Milan va Kortina d'Ampesso (birgalikda) hamda Shvesiyaning Stokgolm shaharlari asosiy da’vogarlardan bo‘ldi. Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o‘tkaziladigan XXV qishki Olimpiya o‘yinlari Milan va Kortina d'Ampesso shaharlarida o‘tkazilishi e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yili o‘tadigan XXIV qishki Olimpiada Xitoyning Pekin shahrida o‘tkaziladi.