O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 26-iyun - 3-iyul kunlari boʻlib oʻtadi

2019-06-25 | Ta’lim

1-22-iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, yaʼni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791 tani tashkil etgan boʻlsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211 tani tashkil etdi.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan oʻtish imkoniga ega boʻlishdi.

Hududlar boʻyicha eng koʻp – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpogʻistonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng koʻp – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past koʻrsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.

Imtihonlarni davlat (oʻzbek) tilida topshiruvchi oʻquvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir oʻringa oʻrtacha raqobat 49 oʻquvchini tashkil etgan boʻlsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar oʻrtasida – 1 oʻringa 92 nafar oʻquvchini (Namanganda 118 oʻquvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga 1-22-iyun davomida umumiy topshirilgan hujjatlar boʻyicha batafsil maʼlumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boshqa kesimlarda) infografikada koʻrishingiz mumkin.

Prezident maktablariga topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketganligi sababli kirish imtihonlarini oʻtkazishga masʼul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlarini (pre-selection) oʻtkazilishi lozimligi maʼlum qilindi.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) qachon va qayerda boʻlib oʻtadi?

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) 2019-yil 26-iyun - 3-iyul davomida boʻlib oʻtadi.

Ota-onalar oʻquvchilar bilan birgalikda 2019-yil 26-27-28-iyun kunlari Prezident maktablari saralash imtihonlariga tayyorgarlik kunlari (orientation day) – saralash bosqich imtihonlari boʻlib oʻtadigan binoga tashrif buyurishadi va imtihonga tayyorgarlik boʻyicha barcha tegishli maʼlumotlarni olishadi.

OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Qayerga va qachon tashrif buyurishni bilish uchun:

  • SMS xabarni kuting, maʼlumotnomada toʻldirilgan telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi.
  • Ushbu SMS xabarni olganingizdan soʻng Prezident maktablari rasmiy veb-sayti - PM.XTV.UZ orqali QAYERGA VA QACHON tashrif buyurishingizni bilib olishingiz mumkin boʻladi.

Kirish imtihonlari tayyorgarlik kuniga ota-onalar:

  • FAQATgina PM.XTV.UZ veb-saytda koʻrsatilgan manzil, vaqt va kunda kelishlari kerak;
  • Oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining asli (original) bilan kelishlari shart.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 29-30-iyun va 
1-2-3-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Batafsil maʼlumotlarni ota-onalar va oʻquvchilarga (orientation day) 26-27-28-iyun davomida xabar beriladi.

Saralash bosqich imtihonlari (pre-selection) boʻlib oʻtadigan bino manzillari:

  • Toshkent shahrida - Toshkent shahri, Oʻzkoʻrgazmasavdo masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino (manzil: Toshkent sh., Beruniy koʻchasi, 41-uy);
  • Urganch shahrida - Yoshlik sport majmuasi (manzil: Urganch sh., Yoshlik koʻchasi, 1 uy);
  • Namangan shahrida - Barkamol avlod sport majmuasi (manzil: Namangan sh., Istiqlol koʻchasi).
  • Nukus shahrida:
    • Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabi (manzil: Nukus sh., M.Jumanazarov koʻchasi, 172-uy) va
    • Nukus ixtisoslashtirilgan Olimpiya rezervlari maktab-internati (manzil: Nukus sh., Chimboy guzari, raqamsiz uy);

Поделиться