O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kunida 12 ta medalni qoʻlga kiritishdi

2019-06-21 | Sport

Ayni kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash boʻyicha 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

19-iyun musobaqaning birinchi kunida -81 kg, -90 kg, -100 kg va 100 kgdan yuqori vazndagi o‘g‘il bolalar hamda -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg vazn toifalaridagi qizlar oʻrtasida bahslar oʻtkazildi. Qitʼa birinchiligining ilk kunida vakillarimiz 12 ta (6 ta oltin va 6 ta kumush) medalni qoʻl kiritishdi. Eʼtiborli jihati birinchi kungi bahslarda yigitlarimiz barcha vazn toifalarida yaqqol ustunlik bilan birinchi va ikkinchi oʻrinlarni band etishdi. Qizlarimizdan esa Iroda Mamasheva (-57 kg), Zarnigor Rahmiddinova (-52 kg) oltin, Barno Malikova (-44 kg) va  Dillola Dehqonboyeva (-48 kg) kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Quyidagi Osiyo chempionatining dastlabki natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
O‘g‘il bolalar
-81 kg

1-oʻrin: Umar Bozorov (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Erkin Qozoqov (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Chang Chi-Feng (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Bui Thein Hoang (Vyetnam)
- 90 kg

1-oʻrin: Shahobiddin Hamroyev (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Arnold Normoʻminov (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Fan Kuan-Yu (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Sim Hyongbin (Janubiy Koreya)
-100 kg

1-oʻrin: Roʻziboy Narzullayev (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Eʼzozbek Ravshanov (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Harsh Ritolia (Hindiston)

3-oʻrin: Kim Jayemin (Janubiy Koreya)
+100 kg

1-oʻrin: Beknazar Toʻraqulov (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Umidjon Idiyev (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Yanobabhi Dhananjaydn (Hindiston)

3-oʻrin: Phuvaded Charmchureye (Tailand)
Qizlar

-44 kg

1-oʻrin: Laxmi Kumari (Hindiston)

2-oʻrin: Barno Malikova (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Chanida Khetrat (Tailand)

3-oʻrin: Damor Vishakha (Hindiston)

-48 kg

1-oʻrin: Do Tu Ha (Vyetnam)

2-oʻrin: Dillola Dehqonboyeva (Oʻzbekiston)

3-oʻrin: Hung Tzu-Yi (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Bui Ti Minh Anh (Vyetnam)

-52 kg

1-oʻrin: Zarnigor Rahmiddinova (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Sung Ya-Ting (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Yeng Lian (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Navmiti (Hindiston)

-57 kg

1-oʻrin: Iroda Mamasheva (Oʻzbekiston)

2-oʻrin: Ven Yun-Hua (Xitoy Taypeyi)

3-oʻrin: Kristi Sharma (Nepal)

3-oʻrin: Kannika Klimali (Xitoy Taypeyi)

Musobaqa davom etmoqda.

Поделиться