O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining bo‘sh suv havzalari konturlari tanlov asosida ijaraga beriladi
2019-06-20 | Turizm
2019-yil 1-iyuldan boshlab Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining bo‘sh suv havzalari konturlarini tanlov asosida ijaraga berish «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi “Aydar-Arnasoy ko’llar tizimini biologik resurslardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 347-sonli qarori ijrosi yuzasidan Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi hududlarida turizmni rivojlantirish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan taklif etilayotgan yer maydonlari ro’yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, zero mamlakat barcha sayyohlar uchun jozibali bo‘lgan ekoturistik yo‘nalishlarning noyob va barqaror tarmoqlariga ega. Respublikada bu yo‘nalishda qator loyihalar amalga oshirilmoqda, shulardan biri Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 2019-yilning 23-aprelida mamlakat hukumati tomonidan sayyohlarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 347-sonli qarori qabul qilinib, Aydar-Arnasoy ushbu hujjat ko‘llar tizimi biologik resurslaridan foydalanishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Qaror aholining baliq mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish, hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish nazarda tutilgan. Hujjatning asosiy maqsadlaridan biri xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, ekoturizm va tabiat muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishni inobatga olgan holda, respublikada ekologik turizmni rivojlantirishga doir istiqbolli loyihalar, mexanizmlar va jihozlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Shuningdek, mazkur qarorning 6-bandiga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining rasmiy veb sahifasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududi va uning atrofida turizmni rivojlantirish uchun ajratiladigan hududlarning tasdiqlangan ro'yxati haqidagi ma’lumotlar e'lon qilindi.