O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Belarusga meva va poliz mahsulotlari yetkazadi

2019-06-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 18-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Belarus Respublikasi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Belarus va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Belarus tomoni qishloq xoʻjaligida agrosanoat majmui sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirgan boʻlsa, Oʻzbekiston tomoni sut ishlab chiqaruvchi zavodlarni yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash, chorvachilikda sutni koʻpaytirish uchun laboratoriyalarni tashkil qilish, oʻsimliklarni yetishtirish, urugʻchilik va yem-xashak ishlab chiqarish sohasida Belarus resurslarini tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, 2018-yil 12-13-sentyabr kunlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi chogʻida qishloq xoʻjaligi sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi va qishloq xoʻjaligi boʻyicha Oʻzbekiston-Belarus hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
 
Ishchi guruhi majlisi doirasida imzolangan shartnomaga koʻra, Oʻzbekistondan Belarusga meva va poliz mahsulotlari yetkazib beriladi. 
Shuningdek, “Fan+ishlab chiqarish” formatidagi fan, taʼlim, ishlab chiqarish yoʻnalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, “Texmash” MCHJ, “Blyuming” MCHJ, “Beluniversalprodukt” UK oʻrtasida memorandum imzolandi.

Поделиться