Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Sirdaryo viloyatida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida sellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash siklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasteri tashkil etiladi. Klasterni yaratish uchun esa “RS Success Agro” MCHJ tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Klasterning asosiy vazifalari ilgʻor ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali usullarini, ilgʻor agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda texnik kanop hamda zigʻir tolasi va urugʻini qayta ishlashning samarali usullarini, ularni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishdan iborat.
Shuningdek, qaror bilan “Industrial Innovation Group LLC” (Birlashgan Arab amirliklari) va “RS Success Agro” MCHJ tomonidan 2019—2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi