O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bangladesh Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Imom Buxoriy majmuasida

2019-06-19 | Jamiyat

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimov hamrohligida 18-iyun kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Samarqand temiryoʻl vokzalida oliy martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov kutib oldi.
 
Muhammad Abdul Hamid dastlab Islom Karimov maqbara majmuasini ziyorat qilib, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qurʼon tilovat qilindi.
 
Shundan soʻng Bangladesh Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
 
Mehmonlarga mazkur majmualarda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari hamda ayni paytda hududni yanada obod qilish borasidagi saʼy-harakatlar haqida maʼlumot berildi. 
 
Muhammad Abdul Hamid Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan muqaddas Islom dini rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan muhaddislar, buyuk allomalar merosini oʻrganish va keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilayotganini eʼtirof etdi.
 
– Islom olamining eng buyuk muhaddisi deb ulugʻlanadigan Imom Buxoriy hazratlari qadamjosini ziyorat qilganimdan qalbimda juda katta faxr va gʻurur tuymoqdaman, – deydi Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid. – Bizda barcha musulmonlar eng sahih hadislarni Imom Buxoriy toʻplaganini yaxshi biladi va bu zot mangu orom topgan maskanni ziyorat qilishni orzu qiladi. Men bugun shunday sharafga erishganimdan baxriyorman. Majmua yonida bunyod etilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey buyuk alloma haqidagi tushuncha va tasavvurlarimni yanada boyitdi. Juda goʻzal va betakror maskan yaratilibdi. Ushbu tashrif uchun keng imkoniyat yaratgan Oʻzbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorligimni bildiraman. 
 
Samarqandga tashrif davomida Bangladesh Prezidenti Registon majmuasi va Amir Temur maqbarasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarda boʻldi.

Поделиться