O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

2019-06-17 | Madaniyat

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan har ikki yilda bir marta Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Ayni paytda mazkur nufuzli tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Qo‘qon ahli o‘zining nafis san’ati, mashhur hunarmandchilik maktabi va adabiy muhiti, ma’rifat va yuksak ma’naviyati bilan nom qozongan. Uning tarixi haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi II asrning boshlarida bu yerga kelgan xitoylik sayyoh Chjan syan bitiklarida uchraydi. U vodiyda Davan davlati borligi, bu davlatning markazi, ulug‘vor shahar mavjudligi xususida yozib qoldirgan. Arxeologlar Davan davlatining katta kentlaridan biri Qo‘qon shahri o‘rnida bo‘lganini aniqlagan. Keyingi yillarda arxeolog olimlar tomonidan Qo‘qon shahri va unga yaqin joylarda olib borilgan qazishma ishlari natijasida shahar ostida olis tarixga oid madaniy qatlamlar topilgan.
 
Bularning hammasi shaharning yoshi 2 ming yildan kam emasligini ko‘rsatadi. Shahar nomining kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar turli xil fikrlar bildiradi. Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida “Havokand“ (Ho‘kand) shaklida, ya’ni “go‘zal“, “yoqimli“ yoki “shamol shahri“ ma’nosida uchraydi. Keyingi asrlarda “Ho‘qandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari “balandlikdagi shahar“, qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida Qo‘qon nomi “Guyshan“, “Xo‘xan“ tarzida ifodalangan. Ayni kunlarda Qo‘qon shahri yanada chiroy ochib, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
 
– Mazkur xalqaro festival xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosini, ko‘p qirrali o‘zbek milliy hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib qilish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish orqali turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni xalqaro miqyosda kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega, – dedi Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov. – Shuning uchun ham uni yuqori saviyada o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Festivalning asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan O‘rda xiyoboni butunlay yangi qiyofa kasb etayotir. Shuningdek, 10 yangi mehmonxona qurilmoqda, festival dasturining rang-barang bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
Festivalda yuzga yaqin davlatlardan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tashrif buyuradigan xorijlik sayyohlar uchun yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda, bunda hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ib etishga muhim e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda hunarmandchilik markazi barpo etilmoqda, 12 madaniy meroc ob’ektida esa ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
 
Sariqqamish, Po‘stindo‘z, Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalarida ham obodonlashtirish va kengaytirish ishlari bilan birgalikda, 110 ko‘p qavatli uy milliy uslubda ta’mirlanmoqda. Shahar ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari uchun 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar ham sifatli olib borilmoqda. Bundan tashqari, shaharning 24 ko‘chasiga ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.
 
Shuningdek, “Qo‘qon nonlari“, “Xo‘qandi latif hunarmandlari“, “Adras matolar va milliy do‘ppido‘zlik“, “Qo‘qon taomlari va shirinliklari“, “Meva va poliz ekinlari“ kabi tadbirlarni tashkil etish ham rejalashtirilmoqda. Festivalni xalqaro miqyosda tanishtirish maqsadida shahardagi tarixiy obidalar va yo‘nalishlar “Google Maps” xaritalar dasturiga kiritilmoqda. Shu bilan birga, tez kunlarda “Wikipedia”ga Xalqaro hunarmandchilik festivali, Qo‘qon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtiriladi.

Поделиться