16-iyun kuni Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimizga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning safari Buxorodan boshlandi.
“Buxoro” xalqaro aeroportida Bangladesh rahbari va uning hamrohlarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev va Bangladesh davlatining mamlakatimizda Favqulodda va Muxtor elchisi M. Manan kutib oldilar.
Xorijlik mehmonlar Buxoroda boʻlish doirasida buyuk ajdodimiz, Naqshbandiya tariqati asoschilaridan biri Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qiladi. Shuningdek, ular qadimiy Ark qalʼasi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansamblini tomosha qilishi koʻzda tutilgan.