O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
2019-06-15 | Siyosat
2019-yilning 15-iyun kuni Antaliya viloyatidagi (Turkiya) yo‘l-transport xodisasi natijasida Rossiya va O‘zbekistonning 7 nafar turisti jarohatlangani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarosi I.L. yengil jarohat olganligini ma’lum qiladi. Tegishli tekshiruvdan so‘ng uning kasalxonaga yotqizilishiga ehtiyoj yo‘qligi tasdiqlangan.
Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.