O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash vazirligi Nishon tumanidagi shov-shuvli voqea boʻyicha bayonot berdi

2019-06-14 | Sog‘liqni saqlash

Ijtimoiy tarmoqlarda Nishon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruqqa tayyorlash boʻlimida ahvol achinarli ekani, ayollar va bolalar shifoxona yoʻlaklarida yotib davolanayotgani aks etgan material va surat tarqaldi.

Bugungi kunda Nishon tumanida istiqomat qilayotgan qirq ming nafardan ziyod fertil yoshdagi ayollarga hududlardagi qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari orqali tibbiy-profilaktika yordami koʻrsatilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasi tizimida esa tugʻruq majmuasi, ginekologiya va homiladorlar patologiyasi boʻlimlarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, Tolimarjon shifoxonasida ham bu maqsadlar uchun sakkizta oʻrin ajratilgan.
 
— Vaziyat oʻrganilganda, tuman tugʻruq boʻlimi, homiladorlar patologiyasi va ginekologiya boʻlimlarida yoʻlakda yotib davolanayotgan bemorlar aniqlanmadi, — deydi Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Shavkat Amirov. — Biroq, yuqoridagi holat boʻyicha oʻtkazilgan surishtiruvlar jarayonida haqiqatan ham 11-iyun kuni bemorlar boʻlimidagi oʻrinlariga joylashguniga qadar oʻzlari va yaqin qarindoshlari yerga joy toʻshab yotib olgani maʼlum boʻldi.
Bunday jiddiy kamchilikka yoʻl qoʻygani, oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qaragani va boʻlimda nazoratni susaytirgani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻrinbosari M.Xalilova, Tugʻruq majmuasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.Sazanbayevalar vazifasidan ozod etildi. Homiladorlar patologiyasi boʻlimi vrachi B.Esanovaga esa intizomiy jazo qoʻllanilib, oʻrtacha ish haqining oʻttiz foizi miqdorida jarimaga tortildi.
 
Shifoxonada qatʼiy nazorat oʻrnatmagani, bunday muammolarning oldini olish boʻyicha oʻz vaqtida zarur chora-tadbirlarni koʻrmagani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Yo.Shonazarov ogohlantirildi. Tuman tibbiyot birlashmasi tizimida kelgusida bunday muammolar kelib chiqmasligi, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamni zamon talablari darajasida tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться