O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
2019-06-13 | Siyosat
O‘zbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Gujarat shtati va Diu oroliga yaqinlashib kelayotgan “Vayu” tropik sikloni sababli sohil bo‘yidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan, bir qator aviareyslar to‘xtatilgan.
Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga “Vayu” sikloni ta’siridagi hududlarga borishni vaqtinchalik to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi mamlakatimiz Elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.