O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqanddagi Universitet xiyobonida veloyo’lakcha va favvoralar quriladi
2019-06-13 | Turizm
Samarqandning markaziy ko’chalaridan biri – Universitet bulvarida aholining madaniy hordiq chiqarishi va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Loyihaga ko’ra, Universitet bulvarida ikki tomonlama veloyo’lakchalar, favvoralar quriladi, shuningdek odamlarning sport bilan shug’ullanishi uchun trenajerlar o’rnatish rejalashtirilmoqda.
Shahar ma’muriyatida qayd etilishicha, obodonlashtirish ishlarini o’tkazishda daraxtlar jabr ko’rmaydi, boz ustiga, yangi dekorativ ko’chatlarni ekish rejalashtirilmoqda.