O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Amerikalik eng yirik islomshunos olimlardan biri O’zbekiston bo’ylab sayohat qilmoqda
2019-06-13 | Turizm
AQShning eng yirik islomshunos olimlaridan biri Yosir Qozi boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda O’zbekistonga sayohatni amalga oshirmoqda.
Doktor Yosir Qozi sayohat jarayonida unga hamrohlik qilayotgan 93 nafar ziyoratchi bilan birgalikda Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlariga tashrif buyurishni rejalashtirilgan.
Sayohat davomida Yosir Qozi O’zbekistonning qadimiy shaharlardagi tarixiy obyektlar, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar haqida guruh a’zolariga ma’lumotlar berib, mamlakatimizda yetishib chiqqan olimlarning Islom sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi haqida tushuntirishlar berib bormoqda.
Amerikalik olim o‘z sayohati davomida turli qiziqarli ma’lumotlarni Facebook tarmog‘ida jonli efir orqali 900 mingdan ortiq kuzatuvchisi bilan bo’lishmoqda. Ayniqsa, Yosir Qozi Qur’oni Karim kitobining Toshkentda saqlanib kelinayotgan eng noyob nusxasi, VIII asrga oid Usmon Mushafini ko‘rishni uzoq yillar davomida orzu qilib kelgani, ushbu sayohat davomida mazkur muqaddas kitobni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Yosir Qozi boshchiligidagi delegatsiyakecha kuni kecha qadimiy va tarixiy Xiva shahriga tashrif buyurdi va u yerni sayohat qilib olgan taassurotlari haqida o’zining ko’p sonli sonli bilan auditoriyasiga ega ijtimoiy tarmoqlarida po’stlar qoldirmoqdi.
"Bu zamin dunyoga Al-Xorazmiy, Beruniy va Az-Zamahshariy singari buyuk allomalarni bergan Xorazm", dedi ingliz tilida Yosir Qoziy.
Yosir Qoziyning Facebookdagi sahifasida Ichan-Qal’a haqida ko'proq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida savol bergan ko’plab o‘quvchilarni ko‘rish mumkin.
Shuningdek, ulardan bir nechtasi ushbu video va fotolar orqali yozib qoldirilgan po’stlarni ko‘rib, O‘zbekistonga sayohat qilish istagi tug’ilgani bildirishgan.
Yosir Qozi ushbu kufiy yozuvida bitilgan Qur’oni Karimning eng qadimiy nusxasini o‘ziga xos hayajon bilan o‘qigani va ma’muriyat ijozat bergan taqdirda, ushbu noyob kitobning videotasvirini albatta folloverlar bilan bo’lishishini qayd etdi.