O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofida ekoturizm rivojlantiriladi

2019-06-13 | Turizm

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ekoturizm, geoturizm, ekstremal turizm, tibbiyot turizmi, avtoturizm, alpinizm va faol hordiq chiqarishning boshqa zamonaviy shakllarini ommalashtirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, zero mamlakat barcha sayyohlar uchun jozibali bo‘lgan ekoturistik yo‘nalishlarning noyob va barqaror tarmoqlariga ega. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatda 8 ta qo‘riqxona, 2 ta tabiiy milliy park, 1 ta biosfera rezervati, 12 ta zahira va 7 ta tabiat yodgorligi bor.

Respublikada bu yo‘nalishda qator loyihalar amalga oshirilmoqda, shulardan biri Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 2019-yilning 23-aprelida mamlakat hukumati tomonidan sayyohlarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 347-sonli qarori qabul qilinib, ushbu hujjat Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi biologik resurslaridan foydalanishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Qaror aholining baliq mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish, hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish nazarda tutilgan.

Qarorning asosiy maqsadlaridan biri xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, ekoturizm va tabiat muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishni inobatga olgan holda, respublikada ekologik turizmni rivojlantirishga doir istiqbolli loyihalar, mexanizmlar va jihozlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.

foto: Meros.uz

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direktsiyasi” unitar korxonasi yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

-  Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida baliq fermalari va inkubatsion tsexlar yaratish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

-  Suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy tahlilini tashkillashtirish;

-  Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq yetishtirishga doir zamonaviy texnologiyalar va usullarni keng tatbiq qilish;

-  Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliqchilik xo‘jaliklariga taqdim etish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazishni tashkillashtirish;

-  Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida havaskor va sport turizmi hamda baliqchilikni rivojlantirish;

-  Baliq yetishtirish hajmini oshirish, eksportga yo‘naltirilgan va raqobatbardosh baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik zanjirni bosqichma-bosqich shakllantirish.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirishga oid Yo‘l xaritasini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda:

-  Loyihani moliyalashtirish uchun (UNWTO, Jahon banki, TIKA, JAIKA, KOIKA) xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilish;

-  Yangi mehmonxonalarni qurish uchun yirik xorijiy brendlar («Hyatt Regency», «Marriott International», «Accor», «Home Inns», «Carlson Rezidor Hotel Group» va b.)ni jalb qilish;

-  Loyihani rivojlantirishga oid aniq qarorlarni ishlab chiqish uchun yirik xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish;

foto: Meros.uz

Ta’kidlanishicha, mazkur loyihani amalga oshirish hudud aholisi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda investitsiyalar yo‘nalishidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.

Поделиться