Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi tashkil etildi.
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul (2019-yil 4-iyun, PF-5738) qilindi.
Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi tashkil etildi.
Boʻlim faoliyati Bosh vazir tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Boʻlim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Shargʻun shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni samarali hal etilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, shaharlarda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash kabi vazifalar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Shaharlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.
Manba: O'zA