O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Hududiy seminari oʻz ishini boshladi

2019-06-11 | Texnologiyalar

Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning MDH va qoʻshni davlatlar uchun radioaloqa boʻyicha 2019-yilgi 5 kunlik Hududiy seminari oʻz ishini boshladi.

Seminar XEI tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. XEI shafeligidagi mazkur mavzuga bagʻishlangan seminar respublikamizda 2010-yilda boʻlib oʻtgan.

Seminarning asosiy maqsadi mazkur yoʻnalishda tajriba almashish va ushbu spektrni xalqaro miqyosda tartibga solish hamda radiochastota spektri va yoʻldoshli orbitalardan foydalanishning samaradorligini oshirish boʻyicha XEI maʼlumotlariga ega boʻlishdan iborat.

Seminar ishida Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Aloqa sohasida Hududiy hamdoʻstlikning Ijroiya qoʻmitasi, XEIning Radioaloqa byurosi mansabdor shaxslari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekistondan radiochastota spektri masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat organlari, muassasalar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari ham qatnashmoqda.

Seminar doirasida XEI ekspertlari tomonidan chastotalarni oʻzlashtirish yuzasidan ariza topshirish, tekshirish va imtihondan oʻtkazishda qoʻllaniladigan va mamlakatlarning aloqa maʼmuriyatlari tomonidan XEIning Radioaloqa byurosiga yuboriladigan XEI Radioaloqa byurosi dasturiy taʼminotidan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Tadbirning oʻtkazilish davrida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, “Spektrdan foydalanishni boshqarishdagi tendensiyalar va yangi radioaloqa texnologiyalari” mavzuida forum oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться