O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi BMTning Jahon turizm tashkilotida ishonch yorlig‘i topshirdi

2019-06-11 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi J.G‘aniyev BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) qarorgohida bosh kotib Z.Pololikashviliga mamlakatimizninig ushbu xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili sifatida ishonch yorlig‘i topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan UNWTO o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Bosh kotibga mamlakatimiz rahbariyatining Jahon sayyohlik tashkiloti Yevropa mintaqaviy komissiyasi 65-majlisini 2020 yil Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor qilindi.

UNWTO rahbari O‘zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish va uni barqaror iqtisodiy o‘sishning samarali vositasiga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi. “O‘zbekiston Prezidenti ikki yil davomida milliy turizm industriyasini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratdi”, deb ta’kidladi u.

Z.Pololikashvilining fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil yetish bo‘yicha taklifi o‘ta qisqa fursatda amalga oshirilgani hamda ko‘plab mamlakatlar fuqarolari uchun viza rejimi soddalashtirilgani yuksak e’tirofga loyiqdir.

Bosh kotib Jahon sayyohlik tashkiloti Yevropa mintaqaviy komissiyasi majlisini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qaror tashkilotga a’zo barcha davlatlarga O‘zbekistonning ulkan sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etish, uning “Ipak yo‘li” loyihasidagi yetakchi rolini ko‘rsatish va xorijiy investorlarni mamlakat sayyohlik sektoriga faol jalb etish uchun qulay imkoniyat bo‘lishini ta’kidladi. Uchrashuvda Z.Pololikashvili O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi tomonidan taklif qilingan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNWTO tadbiri doirasida sayyohlik sohasi vakillari biznes-forumini tashkil qilish bo‘yicha fikrni qo‘llab-quvvatladi.

Madrid

Поделиться