O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SITIF: O‘zbekiston milliy stendi tashkilotchilar tomonidan yuqori baholandi

2019-06-10 | Turizm

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Seul International Tourism Industry Fair” (SITIF) 34-Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi yorqin namoyishi uchun alohida e’tirof etildi. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi ko‘rgazmaning eng faol ishtirokchisiga beriladigan maxsus yorliq bilan taqdirlandi.

SITIF-2019 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etgan 55 dan ortiq mamlakatlar orasida O‘zbekiston milliy stendi yuqori e’tirof etilishi bejiz emas. Binobarin, O‘zbekistonning turizm salohiyati ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Milliy stendga tashrif buyurgan har bir ishtirokchi iliq kutib olinib, O‘zbekiston haqida batafsil ma’lumot berildi.
 
Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tadbir tashkilotchisi (International Travel Fair - KOTFA) rahbari tomonidan topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться