O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda turizm obyektlariga QR-kodlar o‘rnatish ishlari boshlandi
2019-06-10 | Turizm
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi «Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4095-sonli qarorining 3-ilovasi ijrosi yuzasidan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda, birinchi bosqichda Toshkent shahridagi 20 ta turistik ob’yektga QR-kodlar o‘rnatish ishlari boshlandi.
Poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan diqqatga sazovor turizm maskanlariga QR-kodlar o‘rnatilmoqda. Jumladan, Abulqosim Shayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, Iso payg‘ambarning Muqaddas yuragi bosh cherkovi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, San’at muzeyi, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Toshkent teleminorasi, Amaliy san’at muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyiga o‘rnatildi.
Mazkur QR-kodlar Departament veb-sahifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish orqali QR-kod o‘rnatilgan ob’yekt va boshqa turistik infratuzilma ob’yektlari haqida ingliz, rus hamda o‘zbek tillarida ma’lumot olish imkonini beradi.