O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv

2019-06-10 | Siyosat

2019-yilning 10-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda oʻz missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
 
10-11-iyul kunlari London shahrida oʻtkaziladigan OAV erkinligi boʻyicha Global konferensiyada Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
 
Uchrashuv soʻngida Vazir Kristofer Allanga uning Elchi sifatidagi saʼy-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
Elchi oʻz navbatida Oʻzbekiston va TIV rahbariyatiga oʻzining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidaga vazifalarini samarali bajarishida koʻrsatilgan koʻmak uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться