Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika boʻyicha Osiyo Gran-prisi yakunlandi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni boʻyicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Kutilganidek, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash sektorida xuddi birinchi bosqichdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quchdi. Bronza medalini esa bu gal Nigina Sharipova 100 metrga yugurish bahsida qoʻlga kiritdi. Batafsil:
Balandlikka sakrash, ayollar
1. Nadiya Dusanova (Oʻzbekiston) – 1.89 metr
2. Van Suyeyi (Xitoy) – 1.83
3. Nadejda Dubovitskaya (Qozogʻiston) – 1.83
100 metr, ayollar.
1. Olga Safronova (Qozogʻiston) – 11.32 soniya
2. Kristina Knott (Filippin) – 11.42
3. Nigina Sharipova (Oʻzbekiston) – 11.61
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi