O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"WSC" sovrindori Xivadagi I Xalqaro Bahodirlar o‘yinlarida ishtirok etadi

2019-06-07 | Turizm

7-9 iyun kunlari Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro Bahodirlar o‘yinlariga Hindiston, Eron, Yaponiya, Rossiya, AQSH, Ukraina, Latviya, Togo, Markaziy Osiyo mamlakatlari  polvonlarining tashrifi kutilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2018 yilgi "World Strongman Championship" (WSC) jahon chempionati sovrindori Bikram Singhning Xivadagi "Bahodirlar o'yini"ga tashrifini tashkillashtirdi. Taniqli hind sportchisi Bikram Singh Hindistonning uchkurash (paurlifting) bo'yicha eng kuchli sportchilari qatoridan o'rin olgan.

Ta'kidlash joizki, Xiva o'yinlari haqida videorolik tayyorlash uchun Hindistonning yetakchi "DD Sport" telekanali bir guruh hodimlari ham O'zbekistonga kelmoqda. Sport telekanali muxbirlari "Bahodirlar o'yinlari"ni jonli efirda to'g'ridan to'g'ri yoritishni rejalashtirishgan. Shunisi diqqatga sazovorki, "DD Sport" telekanali auditoriyasi kuniga 100 milliontomoshabinni tashkil qiladi. 

Mazkur xalqaro turnir o'zbek xalqining buyuk o'g'loni Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan. Pahlavon Mahmud o'z davrining yengilmas bahodiri va mashhur faylasufi bo'lgan.

Поделиться