O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya kompaniyasi O’zbekistonning ikki viloyatida golf-klub qurishni taklif qildi
2019-06-07 | Turizm
7-iyun kuni Seulda O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Ji Eun xonim boshchiligidagi IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashishdi.
Kompaniya rahbari Ji Eun xonim O’zbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanish uchun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari bizning mamlakatimiz bilan turli yo’nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Xususan, Koreya tomon O’zbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritish istagini bildirdi.
IRED kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda Jizzax va Toshkent viloyatlarida golf-klublar qurilishiga doir loyihalar taklif etildi.
Muzokaralar yakunlariga ko’ra, tomonlar o’rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning IRED kompaniyasi bilan Chirchiq daryosi bo’yida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam olish zonasini yaratishning shart-sharoitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQSH dollari qiymatidagi investitsiya kiritilishi ko’zda tutiladi.