O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Besh tashabbus markazi ish boshladi

2019-06-07 | Siyosat

Guliston davlat universitetida Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus ijrosi doirasida “Besh tashabbus markazi” tashkil etildi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda faoliyat boshlagan “Besh tashabbus markazi”ga fakultetlar dekanlari, kafedralardagi yetuk mutaxassislar, viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari mas’ul qilib biriktirildi, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniev. Har bir tashabbus bo‘yicha faoliyat olib boruvchilar uchun alohida-alohida joy ajratildi. Bularning har biriga amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish uchun zarur qo‘llanmalar tayyorlab, mutasaddilarga yetkazildi. Ushbu markazda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy diqqat markazimizda bo‘ladi.

Darhaqiqat, ushbu markazda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi tashabbus yuzasidan universitet musiqa va tasviriy san’at fakulteti talabalari Guliston shahridagi Bilimdonlar maskanida “Musiqa – ezgulik elchisi” mavzusida katta konsert dasturini namoyish etdi. Unda universitet talaba yoshlari o‘z iqtidorini yig‘ilganlarga namoyish etgan bo‘lsa, tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijod namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazma yig‘ilganlarda yorqin taassurot qoldirdi.
 
Ikkinchi tashabbus ijrosi borasida universitet talab yoshlari hamda band bo‘lmagan yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun futbol, voleybol, tennis, shaxmat-shashka kabi sport musobaqalariga uyushmagan yoshlarni jalb etilishi, bellashuvlarni yanada qizg‘in, murosasiz kurashlarga boy bo‘layotganini alohida ta’kidlash lozim.
 
Markaz a’zolari tomonidan kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha maktab, kollej va akademik litseylarda seminar-treninglar tashkil etilayotgani uchinchi tashabbus ijrosi ham ko‘ngildagidek amalga oshirilayotganining yaqqol dalilidir.
To‘rtinchi tashabbus ijrosi borasida universitetning 87 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi 221 mahallada “Kitobxon oila” tanlovi juda qiziqarli o‘tgani alohida tahsinga loyiq. Tanlovda viloyatdagi 500 dan ortiq kitobsevar oila a’zolari ishtirok etib, har bir tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 11 oilaga tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi va ularga tashkilotchilarning diplom hamda jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalaridan jamlangan kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi. 
 
Beshinchi tashabbus ijrosi yuzasidan joriy yilning sentabr oyida “Yosh oilalardagi nizo va ajrimlarni oldini olishning falsafiy-axloqiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, talaba-qizlarni darsdan bo‘sh vaqtlarida viloyat to‘qimachilik va tikuvchilik fabrikalarida ish o‘rganish amaliyotini joriy etish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться