O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Toshkent viloyatidagi ahvolni tanqid qildi

2019-06-03 | Siyosat

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yigʻilish boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi. 
 
- Oʻzim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda oʻzgarish boʻlyapti. Toshkent viloyati nimaga uygʻonmayapti? Vaqt shiddat bilan oʻtyapti. Har bir kun, har bir daqiqa gʻanimat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani taʼminlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus, - deya savol qoʻydi Shavkat Mirziyoyev.
Katta iqtisodiy salohiyatga ega boʻla turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga bogʻliq boʻlib qolayotgani koʻrsatib oʻtildi. Boʻka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqoʻrgʻon va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Boʻka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat koʻrsatish hajmi respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2-3 barobar kam.
 
Yigʻilishda tadbirkorlik va qishloq xoʻjaligi, ish oʻrinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться