O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandlik fuqaroning otasini davlat dispanserida davolata olmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumot boʻyicha vaziyatga oydinlik kiritdi

2019-06-01 | Sog‘liqni saqlash

Bundan bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat dispanseri boʻlaturib, xususiy shifoxonada davolanishga majburmiz” sarlavhasi ostida video tarqatildi. Videoda samarqandlik Farrux Rahimov qandli diabet kasalligiga chalingan otasi Nuriddin Rahimovni Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserida davolata olmayotgani aytiladi.

Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mazkur vaziyatni oʻrganib, quyidagilarni maʼlum qiladi:
 
Aytish kerakki, bugungi kunda Samarqand viloyati aholisiga endokrinologik yordam koʻrsatish boʻyicha zamonaviy tizim yaratilgan. Jumladan, 2019-yil 6-mayda Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirilib, bir vaqtning oʻzida 120 nafar bemorni samarali davolash imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom, Urgut, Narpay va Samarqand tuman tibbiyot birlashmalari tizimida ham qandli diabet bilan xastalangan bemorlarni davolash boʻyicha boʻlimlar faoliyat yuritayapti.
Oʻrganishlar jarayonida bu borada yaratilgan qulayliklardan viloyatning barcha aholisi qatorida yuqorida nomi qayd etilgan Nuriddin Rahimov ham foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Yaʼni, dispanser shifokorlari taqdim etgan kasallik varaqasidan bilish mumkinki, bemor Nuriddin Rahimov 2018-yilda ikki marotaba, yaʼni 2018-yilning 23-fevralidan 5-martgacha, 22-sentyabridan 2-oktyabrigacha aynan viloyat endokrinologiya dispanserida davolangan. Bemor N.Rahimov dispanserda davolangan vaqtida muassasaning nevropotolog, kardiolog, okulist shifokori koʻrigidan oʻtkazilgan.
 
Farrux Rahimov videomurojaatida, shuningdek, otasini xususiy klinikada davolatayotganligini ham aytib oʻtgan. Maʼlum boʻlishicha, bemor N.Rahimov “Boxovuddin farm” xususiy klinikasida qandli diabet kasalligi boʻyicha emas, balki, buyrakdagi kasallik boʻyicha davolanganligi aniqlandi.
— Bugungi kunda Samarqand viloyatida qandli diabet kasalligi bilan ogʻrigan 26 ming nafar bemor bor, – deydi Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Davronbek Jumaniyozov .- Ularning barchasiga jahon tibbiyotining ilgʻor standartlari boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish bizning asosiy vazifamiz. Aholining ana shu ehtiyojini toʻliq taʼminlash uchun oʻziga xos tizim yaratilgan. Yaʼni, bu yerda davolanayotgan barcha bemorlar hududiy tibbiyot muassasalarining yoʻllanmasi asosida tartib bilan davolanadi. Bundan tashqari, aholi soni koʻp boʻlgan tumanlarda ham qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar uchun davolash oʻrinlari ajratilgan. Yurtdoshlarimiz tibbiy-ijtimoiy sohada yaratilgan qonunchilik va tartib-tamoyillariga rioya etgan holda malakali tibbiy xizmatdan toʻla bahramand boʻlishiga hech qanday monelik yoʻq.
 
Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi

Поделиться