O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi IHTning 14-sammitida ishtirok etadi
2019-05-30 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2019-yil 27-29-may kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni Podshohligi) Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari va tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 31-may – 1-iyun kunlari Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan IHTning 14-sammiti kun tartibi va yakuniy kommunikesi loyihalari muhokama qilindi.
Sammitda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarlik qiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi