O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
2019-05-29 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda
ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9,
144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6,
102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda,
№ 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda,
№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6,
248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar,
№ 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda;
2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil,
№ 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310,
312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9,
276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6,
300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218,
224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3,
5-moddalar, № 3, 156-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 180-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
2) 181-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
3) 1811-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
4) 202-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) xavfli residivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qo‘llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
ye) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
j) O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorda, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot hamda o‘simlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning o‘rni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil,
№ 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5,
126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda;
2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil,
№ 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar;
2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486,
488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472,
474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar;
2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12,
336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1,
2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar;
2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383,
385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3,
5-moddalar, № 3, 156, 160, 161-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 63-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«63-modda. G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini,
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish
va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish
G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, –
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
2) 79-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 80-moddaning sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 81-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 83-moddaning sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 84-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 90-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, – shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi»;
8) quyidagi mazmundagi 901-modda bilan to‘ldirilsin:
«901-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan
qurollarini yoki vositalarini tayyorlash,
olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish,
olish yoxud sotish
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, – huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
9) 92-moddaning sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 94-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa –o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 111-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, – eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;
12) 162-moddaning sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 1795-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
14) 245-moddaning birinchi qismidagi «90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida» degan so‘zlar
«90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 901, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 287-moddaning:
1-bandi «90» raqamidan keyin «901» raqami bilan to‘ldirilsin;
5-bandi «90» raqamidan keyin «901» raqami bilan to‘ldirilsin;
6-bandidagi «1842, 1843, 198, 227, 2271–22727-moddalarida» degan so‘zlar «901, 1842, 1843, 198, 227, 2271–22727-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 291-modda birinchi qismining:
«a» kichik bandidagi «125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida» degan so‘zlar «901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
«v» kichik bandidagi «60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 92,
94-moddalarida» degan so‘zlar «60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 92, 94, 162-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
«g» kichik bandidagi «198, 227-moddalarida» degan so‘zlar «901, 198, 227-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1, 2, 3-bandlari, 2-moddasining 13-bandi mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev
Manba: O'zA