O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Germaniya-Xitoy: turizm sohasidagi yangi loyihaga start berildi

2019-05-27 | Turizm

Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH yetakchi turistik kompaniyasi «Uzbekistan symbol of the magic east» yozuvi aks etgan lyuks avtobuslarda Germaniyadan O‘zbekiston orqali Xitoyga yo‘l oldi.

Germaniyada bosh qarorgohi joylashgan Xitoyning China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasiga 1998-yilda asos solingan bo‘lib, dunyoning eng yirik tur kompaniyalaridan biri sifatida ayni damda Berlin, Frankfurt, Myunxen, Pekin, Shanxay, Guylin shaharlarida o‘z ofislariga ega.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Berlinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulovning China Tours Hamburg CTH GmbH kompaniyasi rahbari Andreas Lans bilan uchrashuvi chog‘ida "New Silk Road" loyihasi doirasida Ipak yo‘li turizmini keng targ‘ib etishga qaratilgan yangi kelishuvlarga erishilgan edi.

Mazkur loyiha orqali O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li shaharlari bo‘ylab ziyorat tashkil etiladi. Shuningdek, loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar delegatsiyalari vakillari ishtirokida tantanali tadbirlar ham tashkil etiladi.

Qayd etish joizki, Ipak yo‘li turizmini targ‘ib etuvchi tur, shuningdek, Germaniyaning 15 dan ortiq yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan ham keng yoritiladi.

Поделиться