O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi istiqbolli
2019-05-27 | Iqtisodiyot
Germaniya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida ham yetakchilardan hisoblanadi. Ushbu davlat qishloq xo‘jaligi - bu yuqori samarali agrosanoat majmuasidir. Eng yangi agrosanoat texnologiyalarining amaliyotga tatbiq etilishi va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash tufayli yuksak ko‘rsatkichlarga erishilmoqda.
Germaniyada yetishtiriladigan bug‘doy mamlakat ehtiyojining 80 foizini, shakar 85 foiz, go‘sht 60 foiz, sut 100 foizini qondiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining to‘rtdan uch qismi chorvachilik orqali keladi.
Shu bilan birga, Germaniya qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos iqlimi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarining oziq-ovqat bozoriga kirishi uchun sharoit yaratadi. O‘zbekiston va Yevropa transport-logistika zanjirini yaxshilash hisobiga mamlakatimizdagi ekologik toza mahsulotlarni 82 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Germaniya bozorlariga yetkazib berish istiqbollari bor.