O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vaziri Australian Council for Education Research vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

2019-05-23 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 21 may kuni Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (Australian Council for Education Research, ACER) katta ilmiy xodimi Ursula Shvantner bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-son qarori ijrosi doirasida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) oʻrtasida “Oʻquvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi(PISA 2021 )da ishtirok etish” toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.

Mazkur kelishuvga muvofiq, PISA 2021 xalqaro dasturida ishtirok etish bilan birga dasturga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish imkoniyatlarini tahlil qilish, salohiyatni oshirish, loyihani amalga oshirish rejasi, shuningdek, sifatni nazorat qilish milliy tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishda IHTT tomonidan texnik va metodik yordam koʻrsatish belgilangan.

Ushbu vazifalarni IHTT nomidan amalga oshirish uchun ACER vakili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekiston taʼlim tizimi, uning boshqaruv tuzilmalari haqida maʼlumotlar bilan tanishgan holda PISA 2021 tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yuzasidan imkoniyatlarni tahlil qilish hamda rivojlantirish rejasini ishlab chiqishdir.

Xalq taʼlimi vaziri bilan uchrashuv doirasida Ursula Shvantner xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning asosiy yoʻnalishlari haqida maʼlumot oldi. Shuningdek, uchrashuvda oʻqituvchilar va tizimdagi xodimlar malakasini oshirish hamda 2021-yilda PISA tadqiqotini oʻtkazishga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

Поделиться