O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV maktablarga ota-onalardan tilxat olish boʻyicha koʻrsatma bermagan

2019-05-22 | Ta’lim

Ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori, sinf rahbarlari tomonidan majburiy ravishda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan farzandlarini yozgi taʼtil kunlarida toʻliq nazorat qilishlari boʻyicha tilxat olinayotganligi toʻgʻrisida turli xil maʼlumotlar chop etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini yozgi taʼtil kunlarida nazorat qilishlari boʻyicha tilxat olishga koʻrsatma berilmaganligini rasman taʼkidlaydi.

Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan turli mazmundagi tilxat olinishi maktab direktori va sinf rahbari tomonidan oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilgan xatti-harakatdir.

Xalq taʼlimi vazirligi bu kabi holatlar sodir boʻlganida ota-onalar maktab vakillariga bunday harakati notoʻgʻri ekanligini tushuntirishlari lozim. Oʻz navbatida mana shunday xatti-harakatlar yuzasidan vazirlikning 10-06 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilish zarur. XTV tomonidan aniqlangan har bir salbiy gʻayriqonuniy holat yuzasidan maktab direktori, sinf rahbari va mutasaddilarga nisbatan qonunchilik doirasida jazo choralari koʻriladi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, taʼtilni mazmunli oʻtkazish boʻyicha maktablarda ota-onalar yigʻilishlarini oʻtkazish va ushbu yigʻilishlarda ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga tegishli tavsiyalar berish yuzasidan barcha xalq taʼlimi hududiy boshqarmalariga koʻrsatmalar berildi.

Поделиться