O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-2019 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar

2019-05-21 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida “2018-2019 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda Xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohot, yangilik hamda oʻquv yili natijalari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi. Jumladan, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida umumtaʼlim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, taʼlim tizimidagi muammolar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir soʻngida Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislari tomonidan ommaviy axborot xodimlarining barcha savollariga javob berildi.

Maʼlumot uchun:

2018-2019 oʻquv yili davomida jami 9691 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 5,8 mln. nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Joriy yilda maktablarning 9 (467 622 nafar oʻquvchi) va 11 sinflarini (279 788 nafar oʻquvchi) jami 747 410 nafar oʻquvchilar bitiradilar.

26 maydan 15 iyun kuniga qadar maktablarda bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladi.

Поделиться