O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv
2019-05-20 | Siyosat
2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston rahbari va birodar tojik xalqiga iliq salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Tojikiston poytaxtida o‘tkazilgan “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada ko‘rilgan muammolarning dolzarbligi qayd etildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama darajadagi va xalqaro shakllardagi O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va davlatimiz rahbariga eng ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.