O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Sherzod Kudbiyev XII Ostona iqtisodiy forumi doirasidagi xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi

2019-05-17 | Siyosat

2019-yil 16-may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan XII Ostona iqtisodiy forumi doirasidagi qator xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi.

Xususan, kunning birinchi yarmida “Ekspo” Kongress-markazida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tkazilgan Ostona iqtisodiy forumi yalpi majlisida qatnashdi. Majlisda Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi-direktori Kristin Lagard, Armaniston Prezidenti Mamuka Baxtadze, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi rahbari o‘rinbosari Xan Chjen, Sberbank PAO boshqarmasi raisi German Gref, Nokia Corporation direktorlar Kengashi raisi Risto Siilasmaa, iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Pol Romer ma'ruza qildi.

Kunning ikkinchi yarmida Xalqaro mehnat tashkiloti 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada vazir Sherzod Kudbiyev asosiy spiker sifatida ishtirok etib, “Mehnat sohasi istiqboli” mavzusidagi yalpi sessiyada O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan faol hamkorlik aloqalari, o‘tgan yillar davomida mehnat sohasi bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Konferensiya ishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Berdibek Saparbaevning ikki tomonlama uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikka doir muhim masalalarni muhokama qildi.

Kunning muhim voqyealaridan yana biri Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qozog‘iston Respublikasida mehnat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan migrantlar mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan, Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan migrantlar mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish bo‘yicha 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni imzolash marosimi bo‘ldi. Mazkur hujjat  ikki davlat o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini yanada mustahkamlash va  mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishda hamkorlikni kuchaytirishda zamin yaratadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning XII Ostona iqtisodiy forumi doirasidagi tashrifi davom etmoqda.

Поделиться