O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urush faxriylari holidan xabar olinib, esdalik sovg‘alar topshirilmoqda

2019-05-10 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi vazirlik xodimlari 100 yoshni qarshilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Kuldan Mamedov xonadoniga tashrif buyurib, urush faxriysini bayram bilan tabriklashdi, esdalik sovg‘alar topshirildi.

Kuldan Mamedov 1919-yil 5-sentabrda tavallud topgan. 1942-yil frontga ketgan. Urushdan so‘ng Angren ko‘mir konida ishlagan. Hozirda 3 nafar farzandi, 5 nafar nabirasi bor. Bir asrlik umrni ortda qoldirgan otaxon Toshkent viloyati Angren shahar 8-mart MFY, Turkiston ko‘chasi, 162-xonadonda istiqomat qiladi.

Nodirbek Yakubov boshchiligidagi guruh Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ham bo‘lib, 1922-yilda tug‘ilgan urush qatnashchilari G‘affor Abdurahmonov (Qibray tumani), Zuxriddin Ismoilov (Toshkent tumani), 1923-26-yillarda tug‘ilgan Munavir Ilyasov (Angren shahri), Hidoy Asqarov (Toshkent tumani), Mo‘min Atakaev (Qibray tumani), Anorboy Jalilov (Parkent tumani) bilan uchrashdi hamda vazirlik nomidan chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, har bir urush faxriysiga 3 nafardan navbatchi hamshira biriktirilib, faxriylarning salomatligi muntazam nazorat ostida bo‘lishi ta'minlanmoqda.  

Xotira va qadrlash kuni arafasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar Respublikaning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Поделиться