O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vaziri Bag‘dod tumanidagi 5-maktabga tashrif buyurdi

2019-05-08 | Ta’lim

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2019 yilning 6 may kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Bag‘dod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Maktabga tashrifi davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlar, pedagogik jamoaning ezgu maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur maktabda yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy yuksak va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalash bo‘yicha Prezidentimiz tashabbusini amalga oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun madaniy tadbirlar, kompyuter savodxonligi va internet markazlari, sport to‘garaklari tashkil etish, shuningdek, kitobxonlikni ommalashtirish maktab ma’muriyatining doimiy e’tiborida. Bu dargohda turli fan to‘garaklari bilan birga sportning 6 turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga maktab o‘quvchilari to‘liq ravishda qamrab olingan. Bundan tashqari, maktab kutubxonasi fondini boyitish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchi qizlarga turli kasb va hunar sirlarini o‘rgatishga ham ustuvor vazifalar sifatida qaralmoqda.

Xalq ta’limi vaziri maktabda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash, ularni turli xil salbiy illatlardan saqlab, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish o‘qituvchilarning eng birinchi galdagi vazifasi ekani, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus har birimiz uchun dasturilamal bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Sherzod Shermatov shundan so‘ng tuman xalq ta’limi bo‘limida ham bo‘lib, undagi jarayonlarni ko‘zdan kechirdi. Axborot resurs markazi faoliyatini yanada yuksaltirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Поделиться