O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish choralari ko‘rsatib o‘tildi

2019-05-07 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarni aniqlab, ikki-uch oy ichida ularga jami 486 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligini ta’kidladi.

Farg‘ona - mohir hunarmandlar, usta dehqonlar yurti. Bu yerning ko‘nchilik, bog‘dorchilik an’analari - tayyor brend.

Bundan foydalanib, viloyatda charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, «Charm-attorlik markazi»ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kelgusi ikki yilda Oltiariq tumanida 3 ming gektar maydonda uzumchilik, Quva tumanida 2 ming gektarda anorchilik, Quvasoy shahrida 2 ming gektar maydonda giloschilik klasterlari tashkil etilishi ma’lum qilindi. Ushbu klasterlar o‘zlari meva yetishtirish bilan birga aholidan ham sotib oladi. Buning uchun xonadonlarga 15 million dona uzum, 10 million dona gilos va 5 million dona anor ko‘chatlari yetkazib beriladi. Bu ham aholi daromadlarini, ham viloyat eksport salohiyatini oshiradi.

Yaqin yillarda Oltiariq tumanini to‘liq uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish, ilmiy tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining tavsiyalari asosida bog‘ va tok qator oralarida bozorbop sabzavotlar yetishtirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Поделиться