O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda innovatsion mobil kinoteatr ish boshladi

2019-05-07 | Innovatsiya

MAN avtomobiliga oʻrnatilgan mobil kinoteatr barcha mavsumga moslashtirilgan.

Prezidentimiz joriy yilning 30 aprel – 1 may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida “Cinema Servis" masʼuliyati cheklangan jamiyatining “Kinomobil” – Oʻzbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimoti bilan tanishib, tegishli tavsiyalarni bergan edi. Shunga muvofiq Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mazkur loyiha Termiz shahrida kino muxlislariga sifatli xizmat koʻrsatishni boshladi.
 
MAN avtomobiliga oʻrnatilgan mobil kinoteatr barcha mavsumga moslashtirilib, isitish, ventilyatsiya, sovutish tizimi bilan jihozlangani ilk tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotdi.
 
Innovatsion mobil kinoteatrni ishga tushirish uchun 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Bu vaqtda qurilma eniga 6 metrgacha kengayadi va 80 kishiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi.
– Ushbu loyihaning afzalligi tomoshabinlarga oʻzbek va jahon kinematografiyasining durdonalari va yangiliklari bilan raqamli 2D hamda 3D formatida tanishish imkoniyatini yaratadi, – deydi kinooperator A.Berdiyev. – Kelgusida vohaning olis va chekka hududlarida yashovchi aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazib, madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga koʻmaklashmoqchimiz.
 
Mobil kinoteatrda “Ekrandagi kitob” (Ekranlashtirilgan badiiy asarlar) turkumida sevimli filmlarni koʻrish, jahon va oʻzbek adabiyotining mumtoz va zamonaviy namoyandalari hayot yoʻli hamda asarlari bilan tanishish, ekranlashtirilgan badiiy asarlar namoyishi oldidan kitob va film mualliflari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi mumkin.
 
Ayni paytda innovatsion kinoteatrning ilk mijozi boʻlgan Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Skorpion”, “Elparvar”, “Said va Saida” badiiy hamda “Abu Iso Muhammad at-Termiziy” hujjatli filmlari namoyish etilmoqda.
 
X.MAMATRAYIMOV, J.QOʻZIMURODOV (surat), OʻzA

Поделиться