O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi» loyihasi doirasida treninglar

2019-05-06 | Iqtisodiyot

20 apreldan boshlab Andijon va Sirdaryo viloyatlarida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi» loyihasi doirasida kooperativlarni boshqarish va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.

Treningda Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, Quvasoy va Oltiariq tumani fermerlari, kooperativ a’zolari, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining xodimlari ishtirok etdi. Frantsiya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA) tomonidan tashkil etilgan trening ADECIA fermer xo‘jaligi kooperativlarini boshqarish sohasidagi xalqaro eksperti janob Jak Rik tomonidan o‘tkazildi. Trening davomida muloqot, muzokara va shartnoma masalalari batafsil muhokama qilindi.

Mazkur tadbir loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va fermerlarning kooperativlar to‘g‘risidagi bilimlarini yaxshilashga qaratilgan treninglarning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Avvalroq o‘tkazilgan birinchi bosqich kooperativlar kontseptsiyasi va ishlash asoslariga bag‘ishlangan edi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda qishloq xududi barqaror rivojlanishi» loyihasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Sanoat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib; Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Frantsiya taraqqiyot agentligi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik (ADECIA), Italiya chorvadorlar assotsiatsii (AIA) va Bolgariya Tadbirkorlik va taraqqiyot markazining (CEED) ko‘shma loyihasi hisoblanadi.

Поделиться