O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Obod maktab - 2019” tanlovi gʻolibini aniqlashda jamoatchilik ovozi inobatga olinadi

2019-05-06 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, taʼlim muassasalarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish orqali oʻquvchi yoshlarning faolligini oshirish, bu borada ilgʻor tajribalarni ragʻbatlantirish va ommalashtirish maqsadida xalq taʼlimi tizimidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida “Obod maktab” tanlovi oʻtkazilmoqda.

Mazkur tanlov uch bosqichda tashkil etilgan boʻlib, birinchi bosqichda taʼlim muassasalarida 20 martdan 20 aprelga qadar amalga oshirilgan ishlar yakuni yuzasidan muassasa tomonidan 5 daqiqagacha boʻlgan maxsus ijodiy rolik tayyorlangan holda vazirlikka @obod_maktab telegram boti orqali qabul qilindi.

Ayni kunlarda tanlovning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur bosqichda kelib tushgan ishlar maxsus saralash guruhi, respublika ekspertlar guruhi tomonidan saralandi va ekologik oylik davomida eng yaxshi “Obod maktab” nomzodligiga munosib deb topilgan taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlar hamda jamoatchilik tomonidan baholanishi uchun vazirlikning feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ovozga qoʻyildi.

Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligi keng jamoatchilik va oʻquvchi-yoshlarni maktablar tomonidan taqdim etilgan maxsus ijodiy roliklarga ovoz berishda faol qatnashishlarini soʻraydi. Alohida taʼkidlash joizki, ushbu videoroliklardagi barcha ishlar shu maktab oʻquvchilari va maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan.

Uchinchi bosqichda esa ovoz berish jarayonlari yakunlanguniga qadar hududiy masʼullar bilan birgalikda maxsus saralash guruhi aʼzolari, respublika ekspertlar guruhi joylarga chiqqan holda eng yaxshi “Obod maktab” nomzodligiga munosib deb topilgan taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganib chiqadi. Soʻngra oʻrganish yakunlari va ovoz berish natijalari inobatga olingan holda 14 ta hududdan 1 tadan eng yaxshi deb topilgan taʼlim muassasasi tanlov gʻolibi deb eʼlon qilinadi.

Maktabda amalga oshirilgan ishlar Sizga maʼqul kelgan boʻlsa, Like ni bosib, unga ovoz bering! Ovoz berish jarayoni 2019-yil 10-may kuni soat 17:00 da yakunlanadi.

Поделиться