O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Urganch shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2019-05-06 | Siyosat
2019-yilning 29-aprel – 5-may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, yer balansi dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi hamda Davlat chegarasining ayrim uchastkalaridan demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish loyihasi tayyorlandi.
Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samalyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.
Muzokalar yakunlariga ko‘ra delegatsiya rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladilar.