O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligida Malayziya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻldi
2019-05-03 | Fan
Joriy yilning 29 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Malaysian Technology Development Corporation” (MTDC) korporatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Korporatsiya direktori Muhammad Farish Nizar Otman va katta vitse-prezidenti – Zaxariya Zabiddinni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Oybek Norinboyev va vazirning yuqori martabala maslatahatchisi Karsten Xayns qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish, tadqiqot natijalarini respublikada tijoratlashtirish, hamda ushbu maqsadlarda MTDC tomonidan moliyaviy-texnik koʻmak uchun mablagʻlar ajratish va benefitsiarni aniqlash masalalarini muhokama qilishdi.
Taʼkidlash joizki, Malayziya texnologik rivojlanish korporatsiyasi 1994 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari va laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish, shuningdek mazkur ishlanmalarni tijoratlashtirish va iqtisodiyotning sanoat sektoriga joriy qilish maqsadida tashkil qilingan. Malayziya texnik hamkorlik dasturi - MTCP taʼlim dasturi boʻlib, texnik koʻmak koʻrsatish, hamda qisqa muddatli va oʻrta muddatli kurslar – turli yoʻnalishlardagi treninglarda taʼlim olish va malaka oshirish maqsadida tashkil qilingan. MTSR Kotibiyatining maʼlumotlariga koʻra hozirgi paytgacha Dastur doirasida hamkorlikning butun davrida Oʻzbekistondan kelgan ishtirokchilar soni 603 nafarga teng.
M.Otmanning taʼkidlashicha, MTDC Oʻzbekistonga investitsiya kiritishga tayyor. Shu oʻrinda MTDC direktori Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining vakolatli shaxslarini Malayziya texnik hamkorlik dasturi doirasida Kuala-Lumpur shahrida 24-28 iyun kunlari tashkillashtirilayotgan “MTCP – MTDC Commercialization Ecosystem and Entrepreneurship Development Workshop” seminariga taklif etdi.