O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islomiy moliyalashda mablag‘dan foiz olinmaydi

2019-05-02 | MDH

Ayni vaqtda poytaxtimizda birinchi marta o‘tkazilayotgan “MDH – Islom bankchiligi va moliyasi bo‘yicha forum-2019” davom etmoqda.

O‘zA muxbiri Jahon banki guruhining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi yetakchisi Nasim Kayserning fikrlarini yozib oldi:
 
– Biz O‘zbekistonda 1992 yilda mahalliy hamkorlar va xorijiy banklar bilan eng birinchi moliya institutiga asos solgan edik. Hozirda “O‘zbeklizing” bo‘lib tanilgan mazkur tashkilot bizning birinchi loyihamiz edi. Keyinchalik yurtingizda “Amirbank”, Qozog‘istonda esa “Amrobank” tashkil etildi.
 
Keyingi ikki yilda esa munosabatlar yana o‘zgardi. Davlat xususiy tashkilotlarga e’tibor qarata boshladi. Endi mikro va kichik tadbirkorlikka e’tiborni rivojlantirish kerak. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodni yuksalishiga xizmat qiladi. Bu omillar islom moliyasi uchun juda muhim.
 
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘z aholisini bank xizmatlaridan keng foydalanishini istaydi. Lekin, bu hududlardagi aholi ko‘p ham banklarga ishonavermaydi. Shuningdek, aholining asosiy qismi islom moliyasi haqida bilmasligini hisobga olsak, ularga buni targ‘ib qilishga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda islom moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion dollarni tashkil etadi va yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqlarni rivojlantirish, ayniqsa dolzarb.
 
Islom moliyasi tizimini O‘zbekistonda rivojlanishini chamalab ko‘rsak, eng avvalo ilmiy izlanishlar olib borish va qonuniy bazani mustahkamlash kerak. To‘g‘ri, bu jarayon oson kechmaydi, uzoq vaqt talab etadi. Lekin, eng muhimi davlatning e’tibori bo‘lsa, muammolarni tez hal etish mumkin. Xabarim bor, O‘zbekiston Markaziy banki o‘tgan yili tizim borasida qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishni boshladi.
 
Islomiy moliyalashda mablag‘dan foiz olinmaydi, bu sha’riyatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yo‘nalishda ustama qo‘yiladi. Ya’ni, mahsulot sotib olmoqchi bo‘lgan mijoz aytgan uskuna yoki xom ashyoni bank olib beradi va ustiga qanchadir miqdorda ustama qo‘yadi. Bunda bank mijoz bilan kelishuv tuzadi. Keyin u hohlagan asbob-uskunani yuboradi. Bu xuddi oldi-sotdi shartnomasiga o‘xshaydi. Keyin belgilangan muddatlarda mablag‘ini qaytarib berish kerak. Bu muddatlar summaning katta kichikligi va loyihaga bog‘liq bo‘lib, o‘n ikki oydan besh yilga qadar beriladi.
 

Sayyora Shoeva, Yoqub Meliboev (surat), O‘zA

Поделиться